Qog’ozdaraxt

Qog’ozdaraxt — tutdoshlar oilasiga mansub ikki uyli barg to’kuvchi daraxt va butalar turkumi. Sharqiy Osiyo va Polineziyada 6-8 turi ma’lum. Qog’oz tut turining vatani Yaponiya va Xitoy. Bo’yi 5-16 metrgacha, barglari bandli, butun yoki bo’lmali. Asosan, qog’oz tayyorlashda ishlatiladi. Po’stlog’idan a’lo sifatli qog’oz (qog’oz pullar, qimmatli qog’ozlar va boshqalar) ishlab chiqariladi, mahalliy xalq esa kiyim-kechak va arqon tayyorlaydi. Qrim, Kavkaz va O’rta Osiyoda ekib o’stiriladi. Qog’ozdaraxtning kazinoki turi Koreya yarim oroli va Yaponiyada yovvoyi holda uchraydi.