Qojarlar

Qojarlar — 1) shimoliy Erondagi xalq. Qizilbosh qabilalardan birining avlodlari. 30 ming kishi (1987). Turkiy tillarga mansub tilda so’zlashadi. Dindorlari — shia musulmonlar, bir qismi — sunniy musulmonlar; 2) Eron shohlari sulolasi (1796-1925). Sulola asoschisi — og’a Muhammadxon Qojar. Eron parlamenti — Majlis qarori bilan sulola tugatilgan.