Qoldiq konlar
Qoldiq konlar — yer po’stining ustki qismida shakllangan foydali qazilma yotqiziqlari; tog’ jinslarining nurash mahsulidan tashkil topadi. Qoldiq konlar erigan birikmalarni va erishi qiyin bo’lgan minerallar (temir, marganes, nikel va kaolinning ba’zi konlari) qoldiqlari to’plamlarining suvda oqib chiqishidan hosil bo’ladi. Muhim ahamiyatga ega bo’lgan Qoldiq konlarga boksit, kaolin, marganes oksidlari, talk, magnezit uyumlari, titan, qalay, volfram, tantal, niobiy, oltin minerallari konlari kiradi.