Qo`ltiq

Qo`ltiq— okean, dengiz va ko`llarning quruqlik ichkarisiga kirib turgan qismi. Ba’zi joylarda okeanlarning dengizlarga xos xususiyatlar, gidrologik rejimga ega bo`lgan qismlari ham qo`ltiq deb yuritilgan. Masalan, Bengaliya qo`ltig`i, Fors qo`ltig`i, Meksika qo`lltig`i va h.k.