Qo’ltiq, Ko’rfaz
Qo’ltiq, Ko’rfaz — okean, dengiz va ko’llarning quruqlik ichkarisiga kirib turgan va asosiy havza bilan bemalol suv almashib turadigan qismi. Qo’ltiqning gidrologik va gidrokimyoviy holati asosiy suv havzasining holati bilan bir xil bo’ladi. Ayrim hollarda iqlimning mahalliy xususiyati va materikdan borgan suv tufayli Qo’ltiq suvi yuza qismining gidrologik sharoiti birmuncha farq qilishi mumkin. Ba’zan okeanlarning dengizlarga xos xususiyatlar (gidrologik rejim)ga ega bo’lgan qismlari ham Qo’ltiq deyiladi (Meksika, Gudzon, Fors, Kaliforniya va boshqalar). Eng katta Qo’ltiqlar: Fors ko’rfazi, Adan, Alyaska, Bengaliya, Biskay, katta Avstraliya, Gvineya va boshqalar.