Qo’miqlar

Qo’miqlar — Dog’istondagi xalq (232 ming kishi). Rossiya Federatsiyasida jami 282 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Qo’miq tilida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Asosiy mashg’ulotlari dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik, shuningdek, uy hunarmandchiligi (gilam to’qish, teri, yog’och, metall, tosh va boshqalarni qayta ishlash).