Qo’ng’urov Rahmatulla
Qo’ng’urov Rahmatulla (1933.7.2, Jizzax viloyati Forish tumani Nurak qishlog’i — 1994.8.12, Samarqand shahri) — tilshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989), Filologiya fanlari Doktori (1983), professor (1984). Jizzax pedagogika bilim yurtini (1951), SamDU o’zbek Filologiya fakultetini (1956) tugatgan. SamDU o’zbek tilshunosligi kafedrasida o’qituvchi (1956-58), dotsent (1963 — 83), kafedra mudiri (1971-94), o’zbek va tojik Filologiya fakulteti dekani (1985 yildan o’rishyushlik asosida). Qo’ng’urovning asosiy ilmiy ishlari adabiy tili morfologiyasi, leksikologiya va leksikografiyasi, stilistika va toponimikasi, badiiy asarlar tili hamda nutq madaniyati masalalariga bag’ishlangan («O’zbek tilida tasviriy so’zlar», 1966; «O’zbek tili stilistikasidan ocherklar, 1974; «badiiy matnning lingvistik tahlili», 1990; «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari», hamkorlikda, 1992 va boshqalar).