QONUN USTUVORLIGI

QONUN USTUVORLIGI — ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat’iy hukmron bo’ladi. Ya’ni hech kim, hech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo’ysunmasligi mumkin emas, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi; uning barcha ishtirokchilari esa, hech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.