Qor chizig`i
Qor chizig`i — tog`lardagi shunday chegaraki, undan balandda qor erimasdan firnga aylanadi. Qor chizig`i balandligi joyning geografik kengligi, iqlimi, yog`in miqdori, yon bag`ir ekspoziqiyasiga bog`liq. Qor chizig`i ekvator yaqinidagi tog`larda 5000 m, Novaya Zemlya orolida 600 m, Antarktidada okean sathi bilan baravar. Qor chizig`i – qor yig`iladigan va muzlik hosil bo`ladigan balandlik (tog`)ning quyi chegarasi.