Qora dengiz bo’yi pasttekisligi
Qora dengiz bo’yi pasttekisligi — Sharqiy Yevropa tekisligining eng Janubdagi bir oz qiya tekislik. Qora va Azov dengizlariga yondosh. G’arbda Dunay deltasi va Sharqda kalmius daryosi oralig’ida. Eng baland joyi 150 metr. Paleogen va neogen davrlarining dengiz yotqiziqlari (ohaqtosh, qum, gil) dan tarkib topgan, ustini lyoss va lyossimon qumoqlar qoplagan. Qora dengiz bo’yi pasttekisligini Dnepr, Janubiy Bug, Dnestr va boshqa daryolarning keng vodiylari kesib o’tgan. Suvayirg’ichlari yassi. Chuqur liman va qum tillari ko’p. Qora va to’q kashtan tuproqlarda dasht o’simliklari o’sadi.