Qora kishmish
Qora kishmish, Shivilg’oni, Blek manuka — mahalliy ertapishar xo’raki va mayizbop urug’siz uzum navi. O’zbekiston va Tojikistonda keng tarqalgan. Sharqiy ekologik-geofafik navlar guruhiga kiradi. Tupi o’rtacha o’sadi. Bargi o’rtacha, to’garak, o’rtacha kertikli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi o’rtacha (bo’yi 18-25 santimetr, eni 11 — 13 santimetr), konussimon; shingillari havol. G’ujumi o’rtacha tig’iz, tuxumsimon, uchi to’mtoq, po’sti qora; yupqa, eti shirali, qarsillaydi. Tarkibida 2 4 — 2 5 % qand bor, nordonligi 4,5 — 5,5%. Hosili 130-145 kunda, iyul oxiri — avgustning 2-yarmida to’liq pishadi. Kul, antraknoz, oidium va tserkosporozdan zararlanadi. Uzumidan sifatli mayiz tayyorlanadi (25-27% mayiz chiqadi). O’zbekistonning hamma viloyatlarida o’stiriladi.