Qoracha

Qoracha — 1) o’rta asrlarda aholining zodagon bo’lmagan tabaqasi; 2) ayrim turkiy xalqlarda urug’nomi (mas, qirg’iz va qozoqlarda, o’zbeklarning qatag’on, Laqay, qirq, saroy qabilalari tarkibida Qoracha urug’i bo’lgan). 13-asr boshlarida Chingizxon davlatidagi oddiy ko’chmanchi aholi Qoracha deb atalgan. So’nggi o’rta asrlarga kelib Zarafshon vohasi va boshqa ayrim joylarda «Qoracha» atamasi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan, oqsuyak hisoblanmagan (Said, Xo’ja, eshonlar avlodi bo’lmagan) aholiga nisbatan qo’llangan.