«Qoraqalpog’iston»

«Qoraqalpog’iston» («Qaraqalpaqstan») — ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy jurnal. 2 oyda 1 marta Nukus shahrida chiqadi. muassislari — Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va hukumati. Dastlab «Qizil Qoraqalpog’iston» (1930 yil 1 Fevral) nomida chop etilgan. 2000 yildan hozirgi nomda. Asosiy yo’nalishi o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarni targ’ib etib, xalq ongiga singdirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Respublikaning mustaqillik yillarida qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarini targ’ib etish, Orol muammosi hamda ushbu muammo yechimi yo’lida mavjud imkoniyatlarni safarbar etishni targ’ib etishdan iborat. Ofset usulida 8 bosma taboq hajmida qoraqalpoq, o’zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi. Bosh muharriri tabisqan Qanaatov (1998 yildan).