Qoraqalpoq universiteti

Qoraqalpoq universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti — Qoraqalpog’istondagi eng yirik olin o’quv yurti. Ilmiy va pedagog kalrlar tayyorlaydi. 1976 yil Nukus shahrida Qoraqalpoq pedagogika instituti (1934 yil asos solingan) negizida tashkil etilgan. 1992 yil 26 yanvarda Verdaq nomi berilgan. Universitetda 16 fakultet (matematika, fizika, kimyo, iqtisodiyot, moliya, xorijiy tillar, muhandislik-qurilish, yurilik, tabiatshunoslik, musiqa va jismoniy tarbiya, tarix, filologiya, magistratura, sirtqi tabiiy-iqtisod, sirtqi gumanitar, maxsus sirtqi) va bir bo’lim (jurnalistika), 49 kafedra. 30 dan ortiq o’quv va ilmiy laboratoriya bor. Universitetda pileokonferentsiya o’tkazishga mo’ljallangan «Lektor» tizimi o’rnatilgan. Shuningdek. o’quv ilmiy o’qitish jarayonini texnik ta’minlash, iqtidorli talabalar bilan ishlash, xalqaro aloqalar, marketing xizmati, monitoring bo’limlari, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, o’quv-metodik, test, ilg’or pedagogik texnologiyalar, axborot informatson texnologiyalar va masofadan o’qitish. mintaqaviy til o’rganish, ma’naviyat va ma’rifat, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazlari, bahs-munozara klubi faoliyat ko’rsatadi. Universitetda sanatoriy-profilaktoriy, «Umid» sport sog’lomlashtirish oromgohi, o’quv-amaliyot bazasi, 26 kompyuter sinfi, Berdaq milliy muzeyi, arxeologiya, botanika va zoologiya muzeylari, madaniyat saroyi, tennis korti. Sport majmuasi. amfiteatr, «Xurlimon» ansambli, teatr-studiya. biznes maktabi, 3 akademik litsey, yuridik klinika mavjud. Asosiy kutubxonasida 470 mingdan ziyod asar saqlanadi. Universitet 36 ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar. 26 ixtisoslik bo’yicha magistrlar tayyorlaydi. Universitetda 8 mutaxassislikbo’yicha aspirantura (1978 yil tashkil etilgan), 2 mutaxassislik bo’yicha doktorantura (1993 yil tashkil etilgan) faoliyat ko’rsatadi. 2004/2005 o’quv yili universitetda 6875 talaba ta’lim oldi, 462 o’qituvchi va ilmiy xodim, jumladan O’zbekiston Fanlar Akademiyasining 3 akademik, 22 fan Doktori va professor, 163 fan nomzodi va dotsent ishladi. 2000-2004 yillar chet el grantlari asosida 147 ming AQSh dollari miqyaorida ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. Universitet bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli universitet va institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Universitet faoliyati Ch.A.Abdirov, M.K.Nurmuhamedov, K. M. Mambstov. S.K.Kamolov, Q.O’teniyozov, J. B. Bozorboyev. A.D .Davletov. T.B.Eshchanov, H. Hamidov. A.Baxiev. T.Izpmbetov. X. Bobojonov, A.Bekbasov. J. Matmuratov, J.Qutlimuratov. A.Otarov, L.B.Xvan, Yu.Paxratlinov, Q.A. Ismoilov, N.U. Uteuliev. B.J.Matmuratov. K.Zaretdinov. E.Bijanov. S. Qosbergenov, E.D. Qo’tiboeva va boshqa professor-o’qituvchilar nomi bilan bog’liq. Universitet tashkil topgantan beri 2005 yilgacha 20 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi. Universitetda «Qoraqalpoq universiteti» gazeta chiqadi. Universitet uzining kichik bosmaxonasiga ega bo’lib. unda professor- o’qituvchilarning ilmiy asar va o’quv metodik adabiyotlari chop etiladi.