Qoraqiyasoy rasmlari
Qoraqiyasoy rasmlari — qor jontovning Janubiy yon bag’ridagi soyning chap qirg’ogi qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar; Toshkent shahridan shimoli- Sharqda. 1974 yilda arxeolog A.Kabirov topgan; 1981-82 yillarda arxeolog M.Xo’janazarov ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1500 dan ortiq rasmlar tosh, metall va qattiq buyumlar bilan o’yib-cho’kichlab ishlangan bo’lib, ishlash uslublari xilma-xil. Ko’proq soya uslubi qo’llanilgan. Eng qadimgisi 2-ming yillikka, keyingilari miloddan avvalgi 7-1-asrlarga mansub; ular orasida ilk va so’nggi o’rta asrlarga oidlari ham bor. Odam, buqa, it, bo’ri, ohu, cho’chqa, tog’echkisi, bug’u, tuya, tulki va boshqa hayvonlar. Shuningdek, qadimgi 5 ta arava, chavandoz, o’q-yoy ushlab turgan mergan, tuyani etaklagan yoki mingan odamlar mahorat bilan chizilgan. O’zbekiston hududida ilk bor jez davriga oid 5 ta arava tasviri topilgan, ularning 4 tasiga otlar qo’shilgani aniq, bittasigina Otsiz tasvirlangan. Qoraqiyasoy rasmlarida hayvonlar (buqa, cho’chqa, tog’echkisi, ohu va b.)ni itlar ishtirokida o’q-yoy bilan yakkama-yakka va ko’plashib ov qilish holatlari aniq tasvirlangan. Alohida holda o’q-yoy, hanjar, egri va to’g’ri qilich, arqon va qopqonlarning tasvirlari ham chizilgan. Kundalik hayotdan olingan manzaralar ko’plab uchraydi. Qoraqiyasoy rasmlari O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi, madaniyati, san’ati tarixini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Ad.Xujanazarov M., Naskalnie izobrajeniya Xodjakenta i Karakiyasaya, Samarqand, 1995.