Qoratepasoy
Qoratepasoy — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi soy. Uzunligi 39 kilometr, suv to’plash havzasi (irmoqlari teraksoy va Sevazsoy bilan) 24,6 km2. Qoratepa qishlog’i yaqinida Omonqo’tonsoyga Qo’zichisoy qo’shilib Qoratepasoyni hosil qiladi. Darg’om kanaliga quyiladi. Qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. Vodiy kengligi 700 metr, bir-biridan ajralib turgan uch allyuvial terrasaga ega. Selga qarshi kurashish maqsadida Qoratepa qishlog’idan 2 kilometr quyida Qoratepa suv ombori qurilgan.