Qoratol
Qoratol — toldoshlarga mansub daraxt turi. Bo’yi baland, 20 — 30 metr, tanasi po’stlog’i, novdalari jigarrang- qizil, tuksiz. Barglari nashtarsimon, qirralari yirik tishchali. To’pguli ayrim jinsli kuchala, barglari chiqishi bilan bir vaqtda gullaydi. Mevasi ikki chanokdi ko’sak. Urug’i mayda, uzun tukli. Daryo bo’ylarida, sho’r tuproqlarda o’sadi. O’zbekistonning shahar va qishloqlarida manzarali o’simlik sifatida ekiladi, ihota daraxtzorlari barpo etishda foydalaniladi. Novdasi (xivchini)dan savatlar to’qiladi. Qalamchasi va poyalaridan ekib ko’paytiriladi.