Qo’rg’oshinqal’a

Qo’rg’oshinqal’a — qadimgi shahar xarobasi (milodiy 1-4-asr). To’rtqo’l shahridan 44 kilometr shimoli-Sharqda. 1938 yilda S.P. Tolstov va Ya. G’ulomovlar tomonidan ro’yxatga olingan. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedisiyasi tomonidan tekshirilgan. Qo’rg’oshinqal’aning qum ostida qolib ketgan, to’g’ri burchakli devor qoldiqlari saqtangan. Mudofaa devorida bo’rtib chiqqan 15 tacha burjlar bor. Burj va devorlarda dushmanga o’q otish uchun maxsus nishon tuynuklari va devorda jangchilar harakati uchun maxsus yo’lak qoldirilgan. Qo’rg’oshinqal’adan uy-ro’zg’or buyumlari, hayvonlar rasmi solingan sopol bo’laklari va mis tangalar topilgan.