Qorinkiprikli chuvalchanglar
Qorinkiprikli chuvalchanglar — birlamchi tana bo’shliqli chuvalchanglar sinfi. Tanasi yassi, uzunligi 0,05—1.5 millimetr. Tanasi bo’ylab va uning keyingi uchida yopishqoq bezli naychalar joylashgan. Kipriklari faqat qorin tomonida bo’ladi (nomi shundan). Sezgi organlari — tuyg’u hillar, hidlov chuqurchasi va pigment ko’zlar (fotoreseptorlar). Hazm qilish sistemasi — muskulli halqumdan boshlanadigan ichak. Ayirish sistemasi — bir juft shoxlangan naychalar tanasining yon tomonida tashkariga ochiladi. Qorinkiprikli chuvalchanglar — germafrodit yoki partenogenetik urg’ochilar. Dengiz va chuchuk suv havzalarida yashaydi. Bir hujayrali suvo’tlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. 160 turi ma’lum. Qorinkiprikli chuvalchanglar faunasi O’zbekistonda o’rganilmagan.