Qorixona
Qorixona-musulmonlarning diniy o’quv yurti. Unda qorilar tayyorlangan. Dastlab arab mamlakatlarida, keyinchalik O’rta Osiyoda paydo bo’lgan. Qorixonalar odatda eski maktablar qoshida va katta mozorlar yonida ochilgan. Qorixonaga eski maktabni tugatgan, 10 yoshdan katta bo’lgan o’g’il bolalar qabul qilingan. Qorixonalarda asosan Qur’on suralari yodlatilgan. Qur’ondagi barcha suralarni yod ayta oladigan bola qorixonani tugatgan hisoblangan. O’rta Osiyoda, ayniqsa Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo’qonda qorixonalar ko’p bo’lgan.