Qorixona

Qorixona — musulmonlarnpng diniy o’quv yurti. Unda qorilar tayyorlangan. Dastlab Arab mamlakatlarida, keyinchalnk O’rta Osiyoda paydo bo’lgan. Qorixonalar, odatda, maktabxonalar qoshida va katta mozorlar yonida ochilgan. Qorixonaga maktabxonani tugatgan 10 yoshdan katta o’g’il bolalar qabul qilingan. Qorixonalar xususiy bo’lib, domlalar daromadi bolalar hisobiga bo’lgan. Qorixonada bolalar 3-4 yil o’qitilgan. O’qish jumadan tashqari har kuni ertalabdan kechgacha davom etgan. Diniy bayram kunlari mashg’ulotlar to’xtatilgan. Qorixonalarda, asosan, Qur’on suralari yodlatilgan. Qur’ondagi barcha suralarni yod ayta oladigan bola Qorixonani tugatgan hisoblangan. O’rta Osiyoda, ayniqsa. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo’qonda Qorixonalar ko’p bo’lgan.