QO’SHILGAN QIYMAT

QO’SHILGAN QIYMAT — birlik tomonidan yangitdan yaratilgan qiymatdir. U iqtisodiy ishlab chiqarishning o’lchovidir. Uni ikki xil usulda — yalpi yoki sof usulda hisoblash mumkin. Yalpi mahsulot tarkibida asosiy kapitalning qiymati o’tirgan bo’lsa hisoblangan qo’shilgan qiymat yalpi qo’shilgan qiymat deyiladi. Yalpi mahsulot tarkibida asosiy kapitalning qiymati o’tirmagan bo’lsa, hisoblangan qo’shilgan qiymat — sof qo’shilgan qiymat deyiladi. Sof qo’shilgan qiymat iqtisodiy ishlab chiqarishning aniq o’lchovidir.