QO’SHIMCHA ISH HAQI

QO’SHIMCHA ISH HAQI — ishchi va xizmatchilarning ishlamagan vaqti uchun amaldagi qonun-qoidalarga muvofiq to’lanadigan haq. Masalan, mehnat ta’tili uchun, yoshi 18 ga yetmagan o’smirlarning ishlamagan soati uchun, davlat, jamoa ishlari bilan band bo’lgani uchun to‘lanadigan haq va boshqalar.