QO’SHMA KORXONALAR

QO’SHMA KORXONALAR — aralash mulkka asoslangan va har xil asosida tashkil etilgan korxona. O’zbekiston tarafidan davlat korxonalari va tashkilotlari, jamoa korxonalari, aksionerlik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, istiqbolda esa ayrim fuqarolar ham bo’lishi mumkin. Qo’shma korxonalarni tashkil etishdan O’zbekistonlik ishtirokchilarning manfaatlari quyidagicha: ustav fondidagi ulushiga binoan foyda olish va u mustaqil ravishda korxona fondlariga yo’naltirilishi mumkin; progressiv texnika va texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi shakllaridan foydalanishga imkon beradi, marketingni yaxshilash, reklama va mahsulotni sotish imkoniyatlarining kengayishi; ichki bozorni tovarlar bilan to’ldirish; chet ellik ishtirokchining manfaatlari uchun arzon ish kuchi mavjudligi; kapitalni samaraliroq ishlatish, sotish bozorining sezilarli darajada kengligi. Qo’shma korxonani barpo qilishda va uning faoliyatini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasidagi korxonalar to’g’risida”, “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida’ gi va ularga tegishli normativhujjatlar asos bo’lib xizmat qiladi.