Qosimxon
Qosimxon (1445-1518-21) — qozoq xoni, Jo’jixon avlodidan. Qozoq xonligining asoschilardan biri Jonibek sultonning o’g’li. Qosimxonning onasi Jahonbegim Shayboniyxonning onasi Oqqo’zibegimning singlisi bo’lgan. 1503 yilda akasi Adik Sulton vafotidan so’ng ulus boshqaruvi Qosimxon qo’liga o’tgan. Garchi u o’z ulusining sultoni bo’lsada xonlikda yuqori nufuzga ega bo’lib, o’sha vaqtdagi qozoq xoni Burunduqxonning keyin turuvchi 2-shaxs hisoblangan. Uning harbiy yurishlardagi muvaffaqiyati, boshqa qozoq sultonlarini ham uning atrofiga birlashuviga sabab bo’ldi. 1509 yilning 2-yarmida amalda butun hokimiyat Qosimxon qo’liga o’tgan. Lekin 1511 y.dagina rasman xonlik yorlig’iga ega bo’lgan. Uning hukmronlik yillarida xonlik hududi kengayib, hokimiyat boshqaruvi mustahkamlangan. Qosimxon davlati tarkibita Janubi-Sharqda Yettisuvning bir qismi, shimoli-g’arbdan Volga daryosining o’ng qirg’oqlari, shimol va shimoli-Sharqda Ulug’tog’ etaklari va bal- Xash ko’li bo’ylari, Janubda Sirdaryoning o’ng qirg’og’igacha bo’lgan hududlar kirgan. Qosimxon Shayboniy sultonlar bilan doimiy ravishaa Sirdaryo bo’yi shaharlari uchun jang olib borgan bo’lsa-da, ammo ularning Eron safaviylariga qarshi qurashini qo’llab-quvvatlagan. 1513-14 yillarda Ismoil Safaviy qo’shinlariga qarshi kurashish uchun Shayboniylar bilan ittifoq tuzgan. Shuningdek, Qosimxon davrida qozoq xonligi Moskva, shuningdek, Qrim va Yorkend xonliklari bilan ham turli sohalarda aloqalar olib borgan. Qosimxon vafotidan so’ng birmuncha vaqt xonlik taxti bo’sh qolgan. Faqat 1522 yildagina uning o’g’li mamashxon taxtni egallashta muvaffaq bo’lgan. Ammo bu bilan taxt uchun kurash barham topmagan. Oqibatda ichki vaziyat Qosimxon tiklagan davlatning inqirozga uchrashiga sabab bo’lgan. Gulchehra Sultonova.