Qoya

Qoya — ko`pincha uchi o`tkir, qattiq tub tog` jinsidan tuzilgan balandlik. Turkiy xalqlar yashaydigan o`lkalarda joy nomlari tarkibida ham ko`p uchraydi: Qizilqoya dovoni (Qirg`izistonda), Ko`kqoya tog`i (Pomirda), Qoyakent (Dog`istonda) va h.k.