Qoya

Qoya — qattiq tub jinslardan iborat tik ko’tarilgan cho’qqi, jarlik, tepa. Asosan, nurash natijasida qattiq tog’ jinslarining ochilib, yer yuzasiga chiqib qolishidan hosil bo’ladi. Joy nomlari tarkibida ham ko’p uchraydi. Masalan, Ko’kqoya togi (Pomirda), Qizilqoya dovoni (Qirg’izistonda), Qoyakent (Dog’istonda) va hokazolar.