Qo`ychilik

Qo`ychilik — chorvachilikning bir tarmog`i; qo`ylar go`shti va juni uchun boqiladi. Dag`al junli qo`ylar (asosan hisori, jaydari va boshqa zotlar) junidan movut, piyma etik, kigiz va b.; uy-ro`zg`or jihozlari, mayin junli qo`ylar (merinos va b.) junidan qimmatli jun gazlamalar tayyorlanadi. Ba’zi bir qo`y zotlaridan pishiq, issiq po`stin ishlanadi. Qorako`l qo`ylarning terisidan shuba, telpak, yoqa qilinadi.