Qozonketkan

Qozonketkan — Qoraqalpog’iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi shaharcha (1992 yildan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Qushtungil (60 kilometr). Qozonketkandan Nukusgacha 100 kilometr. Aholisi 4,2 ming kishi (2005). G’isht zavodi, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MTP, xususiy korxonalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Umumiy ta’lim maktablari, kasb-hunar kolleji, bolalar musiqa maktabi, madaniyat saroyi, tuman Markaziy kutubxonasi, tuman Markaziy kasalxonasi, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Qozonketkandan Nukus sh.ga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.