Qozonliq soyligi

Qozonliq soyligi — Bolgariyadagi tektonik soylik, Stara-Planina va Srednagora tog’ tizmalari oralig’ida. Uzunligi 100 kilometr chamasida, o’rtacha kengligi 10 kilometr, balandligi 350 metrgacha. Maydoni 780 km2. Qozonliq soyligini tunja daryosi kesib o’tadi. Relefi tubida tekis, sharqi sertepa. Iqlimi mo’tadil iliq, yanvarning o’rtacha temperaturasi 0° dan -2° gacha, iyulniki 20°, yillik yog’in 600 mm. Atirgul plantasiyalari, bog’lar, tokzorlar bor.