Qrim urushi
Qrim urushi, Sharqiy urush — Yaqin Sharqda hukmronlik qilish uchun Rossiya va Turkiya o’rtasida bo’lgan urush (1853-56). 1854 yil Fevralda Turkiya Rossiyaga qarshi Buyuk Britaniya, Frantsiya, Sardiniya qirolligi (1855 yildan) bilan ittifoq tuzib urushgan. Asosiy voqealari: 1853 yil rus qo’shinlari Moldaviya va Valaxiyaga kirib borgan va Kavkazda g’alaba qozongan, Sinopda turk flotini yakson qilgan; 1854 yil ittifoqchilar Qrimga qo’shin tushirgan, Boltiq dengizi qamal qilingan, 1854-55 yillarda Sevastopol mudofaasi uyushtirilgan; 1855 yil Rossiya diplomatik jihatdan yakkalab qo’yilgan. Sevastopol taslim bo’lgan, amalda harbiy harakatlar to’xtagan. Rossiyaning harbiy va iqtisodiy qoloqligi uning mag’lubiyatiga sabab bo’lgan. Qrim urushi 1856 yil Parij sulhi bilan yakunlangan.