Quliyeva Mayya
Quliyeva Mayya (Mamajon; 1920, Ashxobod tumani) — turkman xonandasi (lirik soprano). Xalq artisti (1955). Moskva konservatoriyasida ta’lim olgan (1938-41). 1941 yildan Mahtumquli nomidagi Turkman opera va balet teatrining yakkaxon xonandasi. Mohim, Shohsanam, Ayna (A.Shaposhnikov, «Tohir va Zuhra», «Shohsanam va g’arib», «Ayna»), Layli (Yu.Meytus, D.Ovezov, «Layli va Majnun») kabi partiyalarni katta iste’dod bilan, mumtoz operalaridan ham ko’pgina partiyalarni muvaffaqiyatli ijro etgan (P.Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin»ida Tatyana, J.Bizening «Karmen»ida Mikaela, Sh.Gunoning «Faust»ida Margarita va boshqalar). Xalq qo’shiqlarining mohir ijrochisi sifatida ham tanilgan. Bir necha turkman filmida suratga tushgan.