Qum

Qum – 1) tosh maydasi, qurilishda ishlatiladigan xom ashyo; 2) maydalangan cho’kindi tog’ jinsi (yoki cho’kindi), shuningdek, sun’iy qurilish va bezak materillari. Masalan: saralangan qum, shaffof qum, qatronli qum, suvga to’yingan qum, suv saqlovchi qum, loyli qum, shag’alli qum, granit qum, mezonga mos qum, sochiluvchan qum, zichlangan (shibbalangan) qum, tuf aralash qum, ma’lum o’lchamga ega donali qum, toshqopli qum va hokazolar.