Qumtariq
Qumtariq — ro’yandoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar turkumi. Yevrosiyoda yovvoyi holda o’sadigan 60 ga yaqin turi ma’lum. Janubiy va Janubiy-Sharqiy Kavkazda, Sibir, O’rta Osiyo va uzoq Sharqda 37 turi tarqalgan. Past bo’yli, barglari uzun, gullari mayda, ko’rimsiz. Qumli yerlarda, daryo bo’ylarida o’sadi. Ba’zi turlari tuya, qo’y va echkilar uchun yaxshi ozuqa.