Qurama tog’i haqida eshitganmisiz?

Qurama tog’i haqida eshitganmisiz? – Toshkent oblastining Ohangaron vodiysida. Qurama etnik gruppaning nomi bo’lib, toponimga aylangan. Qurama so’zi turkiy tillarga xos bo’lib, “quralgan, aralash, turli bo’laklardan tashkil topgan” degan ma’noni anglatadi. Qiyos qiling: Quroq Xorazm shevalarida turli material parchalari quralab tayyorlangan ko’rpa-yostiq. V.V.Reshetovning yozishicha quramalar Ohangaron vodiysida jaloyirlar kelib o’rnashgan davrda tarkib topgan, ular eron, turkiy va mo’g’ul elementlarining chatishib ketishidan vujudga kelgan. XV-XVI asrlarda quramalarga ko’chmanchi o’zbeklar, undan keyin qozoqlar kelib qo’shilgan.

Добавить комментарий