Quraysh, qurayshiylar
Quraysh, qurayshiylar — Arab qabilasi. Makka shahri aholisining asosiy qismini tashkil etgan. 10 ta urug’dan iborat bo’lgan; ulardan eng mashhurlari Umayya (Bani Umayya) va Hoshim hisoblangan. Umayya urug’idan chiqqan quldorlar va savdogarlar johiliyat davrida Makkada hukmronlik qilishgan bo’lsa, Muhammad (sav) Hoshimiylarga mansub bo’lgan Quraysh qabilasidan umaviylar, abbosiylar va makkalik shariflar sulolasi chiqqan. So’nggi davrda Hoshimiylar sulolasi hukmdorlari (Iroqda 1958 yilgacha va Iordaniyada) o’zlarining shajaralarini Qurayshga bog’lashadi. Qur’onning 106-surasi Quraysh nomi bilan ataladi.