Qurbonko’l

Qurbonko’l (Ko’kko’l) — Qirg’iziston Respublikasi Botken viloyati shimoliy va O’zbekiston Respublikasi chegarasidagi oqar ko’l. Farg’ona vodiysida, Ko’ksuv daryosida joylashgan. Shimoldan Janubga cho’zilgan. Tog’ qulashidan hosil bo’lgan. O’rtacha balandligi 1738 metr. Suv yig’ish maydoni 129,5 km2, ko’lning maydoni 1,4 km2, uzunligi 866 metr, o’rtacha eni 162 metr, eng katta kengligi 255 metr. O’rtacha chuqurligi 8,6 metr, eng chuqur joyi 13,4 metr. Suvi yaxshi ichimlik sifatiga ega. Qishda qirg’oqqa yaqin joylari muzlaydi.