Qurg`oqchilik

Qurg`oqchilik — havo isib ketib uzoq vaqtgacha yog`in yormasligi. Qurg`oqchilik paytida havoda namlik kamayadi, tuproq qaqrab, ekinlar kam hozil beradi yoki butunlay qurib qoladi. Quyi Volgabo`yi, Qozog`iston, O`rta Osiyoda qurg`oqchilik bo`lib turadi. Qurg`oqchilikka qarshi kurashish uchun dalalarda qor to`plash, yerni chuqur haydash, ihota daraxtzorlari bunyod etish, dalalarni sug`orish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish kerak.