Quroq
Quroq — mayda bo’laklardan ulab, to’plab bezak yaratish; shu usulda yasalgan bezak, buyum ham Quroq deb ataladi. Turli rang va shakldagi mayda mato parchalaridan buyum, bezak hosil qilinadi. Amaliy san’atda keng tarqalgan; masalan, ko’rpa, ko’rpacha, choyshab, so’zana, dasturxon, gilam va boshqa jihozlar qadimdan shu usulda tayyorlanib ajoyib san’at namunalari yaratiladi.