Qutbiy asimmetriya qonuniyati

Qutbiy asimmetriya qonuniyati — Yer shari tabiatining shimoliy va janubiy yarim sharlarda bir-biridan farq qilishini aks ettiruvchi qonuniyat. Shimoliy yarim shar janubiy yarim shardan quruqlik va dengizlarning taqsimlanishi (hamda nisbati), iqlimi, geografik qobiqning strukturasi, muzlik shakllari, geologik tarixi, biogeografik xususiyatlari va h.k. larga ko`ra farq qiladi. Hatto, Shimoliy va Janubiy qutblar ham bir-biridan farq qiladi: shakliga ko`ra Shimoliy qutb qabariq (bo`rtib chiqqan), Janubiy qutb esa botiq; Shimoliy qutb — dengiz muzlari bilan, Janubiy qutb esa materik muzliklari bilan qoplangan. Arktikadan farqli ularoq, Antarktidada emizuvchi hayvonlar, naychali o`simliklar, Arktikaga xos yirik qushlar — chistik va gagalar yo`q. Shimoliy yarim sharda pingvin, lama, kondor kabi hayvonlar, araukariya o`rmonlari uchramaydi va h.k. Qutbiy assimetrik qonuniyatni 1963-yil akademik K.K. Markov keng asoslab bergan.