Qutbiy o’lkalar, qutb o’lkalari
Qutbiy o’lkalar, qutb o’lkalari — Yer sharining shimoliy va Janubiy qutblari atrofidagi qattiq tabiatli sovuq o’lkalar. Eng iliq oyning o’rtacha temperaturasi 5° bo’lgan izotermalar o’tgan joylar Qutbiy o’lkalar chegarasi hisoblanadi. Yillik radiatsiya balansi 1 sm2 ga 1 kkal. Yil davomida Arktika va Antarktika havosi hukmron. Quyosh nurining kam tushganligidan iqlim sovuq. Qish oylarida o’rtacha temperatura Shimoliy Qutbiy o’lkalarda -40° gacha, Janubiy Qutbiy o’lkalarda -60°, -70° ga yetadi, yoz oylarida shimolda 0-5° va Janubda -20°, -30°. Yer sharining sovuqlik qutbi ham shu o’lkada — Sharqiy Antarktidada bo’lib, havo temperaturasi -89,2° kuzatilgan. Yog’in kam, asosan, qor yog’adi. Yillik yog’in Shimoliy Qutbiy o’lkalarda 150-400 mm, Janubda 100-200 mm. Yer yuzasining katta qismi muz bilan qoplangan. Qor va muzdan holi joylarda ham tuproq qatlami deyarli yo’q. O’simliklardan yo’sin va toshlarga yopishgan lishaynik uchraydi. Dengiz hayvonlaridan morj, tyulen, baliqlar, Qisqichbaqa bor. Yozda «qushlar bozori» bo’ladi. Yirik hayvonlardan oq ayiq, qutb tulkisi, Antarktidada pingvin bor.