Qutblanuvchanlik

Qutblanuvchanlik — zarralar (atom, ion va molekula)ning elektr maydonda dipol momentiga ega bo’lish xossasi. Elektr maydon (E) ta’sirida atom sistemalaridagi elektr zaryadlar siljib, dipol moment (R) induktsiyalanadi. Maydon o’chirilganda induktsiyalangan r moment yo’qoladi. Qutblanuvchanlik tushunchasi, odatda, doimiy dipol momentiga ega bo’lgan zarralarga, masalan, qutbli molekulalarga qo’llanmaydi. Nisbatan zaif maydonlarda r ning E ga bog’lanishi chiziqli bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi: r=ae, (bunda a — hajmiy o’lchamlikka ega bo’lgan Qutblanuvchanlik). Ba’zi molekulalar uchun Qutblanuvchanlikning qiymati E ning yo’nalishiga bog’liq bo’ladi (anizotrop Qutblanuvchanlik). Kuchli maydonlarda r(E) bog’lanish chiziqli bo’lmaydi. Maydon yoqilganda r bir onda paydo bo’lmaydi, uning turg’unlik vaqti t zarralarning tabiati va atrof muhitga bog’liq. Statik maydonga q.ning statik qiymati mos keladi. O’zgaruvchan maydonda Qutblanuvchanlik turg’unlashishi vaqti t va maydon chastotasi so ga bog’liq bo’ladi. Etarlicha kichik vaqt va past sh chastotalarda r momentning o’zgarishlari E ning o’zgarishlari bilan sinfaz bog’langan va Qutblanuvchanlik statik Qutblanuvchanlik bilan mos tushadi. Juda yuqori so va katta x vaqtlarda r moment umuman hosil bo’lmasligi mumkin (zarra maydonni «sezmaydi»), Qutblanuvchanlikning elektron, ion va atom xillari bor. Elektron Qutblanuvchanlikga sabab E maydonda elektron qobiqlar atom yadrosiga nisbatan siljishidir. Ion Qutblanuvchanlik (ion kristallar) da turli ishorali ionlar muvozanat vaziyatidan qarama-qarshi yo’nalishlarda siljiydi. Atom Qutblanuvchanlikda molekuladagi turli xil atomlar siljiydi. Qattiq va suyuq dielektriklar fizikasida Qutblanuvchanlik deganda o’rtacha Qutblanuvchanlik, ya’ni, dielektriklarning bitta zarrasiga va elektr maydonning birlik quchlanganligiga to’g’ri keluvchi R qutblanganligi: a=R/EI (bu erda N — hajm birligidagi zarralar soni) tushuniladi. Qutblanuvchanlik tushunchasi dielektriklar fizikasi, molekulyar fizika va kimyoda qo’llaniladi.