Qutbshohlar

Qutbshohlar — o’rta asrlarda Hindistondagi Golkonda sultonligini idora etgan sulola (1512-1687). Bahmaniylar davlati tanazzulga uchrashi natijasida vujudga kelgan. 1512 yil Telinganadagi Bahmaniy noib turkiy qavmdan bo’lgan quli Qutbshoh o’zini mustaqil hukmdor — Sulton deb e’lon qilgan. Uning vorislari qo’shni davlatlar — Bijaypur, Vijayanagar, Boburiylar davlati bilan urushlar olib borishgan. 1636 yil Abdulla Qutbshoh o’zini Shoh Jahonkning vassali deb hisoblagan. 1687 yil Avrangzeb bilan urush natijasida Qutbshohlar o’z mulklaridan ajralganlar.