Qutlug’ Temur minorasi
Qutlug’ Temur minorasi — Ko’hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (1321-33); Sulton Takash maqbarasi yaqinida. O’rta Sharqdagi eng baland minoralardan (balandligi 62 metr). Pishiq g’ishtdan qurilgan minora yuqori tomon ingichkalashib boradi; minora mavj usulida terilgan g’ishtli belbog’lar va kitobalar bilan bezatilgan. Quyi qismida Qutlug’ Temur va Oltin O’rda xoni O’zbekxonning nomi kufiy yozuvida bitilgan. Jome masjid (saqlanmagan) tomi orqali eshikdan minoraga kirib, aylana zinapoya orqali yuqoriga chiqilgan. Quyi qismida Muazzin uchun yog’ochdan ishlangan maxsus joy qoldiqlari saqlangan.