Quyi shimoliy Kaliforniya
Quyi shimoliy Kaliforniya — Meksikaning shimoliy-g’arbiy qismidagi shtat. Asosiy qismi Kaliforniya yarim orolining shimolda joylashgan. Maydoni 70,1 ming km2. Aholisi 2,4 million kishi (2000). Ma’muriy markazi — Mexikali shahri. Iqtisodiyotida yetakchi tarmoq — qishloq xo’jalik. Sug’orib dehqonchilik qilinadi. Chorvachiligi go’sht yetishtirishga ixtisoslashgan. Dengizdan baliq ovlanadi. Oziq-ovqat, tsement, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Avtomobil yo’llari shtatning shimolni uning Janub qismlari bilan bog’laydi.