Quymoq

Quymoq — tuxumga un chalib, yog’da qovurib tayyorlanadigan ovqat. Chuqurroq idishga tuxum chaqib, qoshiq bilan yaxshilab atalanadi, tuz bilan un qo’shiladi. Oz-ozdan un solib, qumoqlari yo’qolguncha atalanadi, so’ngra dog’langan yoqqa quyib pishiriladi.