Quyosh teleskopi
Quyosh teleskopi — Quyoshni kuzatish uchun mo’ljallangan teleskop. Ob’yektivining diametri va fokus masofasi kichikroq bo’lgan ixcham Quyosh teleskopi quyosh tojini kuzatishga mo’ljallangan koronograflar, interferentsion-polyarizatsion filtrli fotosferali va xromosferali teleskoplar (Quyoshni nd vodorod chizig’i yorug’ligida kuzatishga imkon beradi)dan iborat. yirik Quyosh teleskopi Quyosh yorug’ligini qo’zg’almas teleskopga uzatadigan, harakatlanuvchi yassi ko’zgular tizimi bilan hamda Quyoshni tadqiq qilish uchun mo’ljallangan turli asboblar (fotokameralar, yorug’likni fotoelektrik qabul qilgichlar, spektrograflar, magnitograflar) bilan jihozlanadi. Optik o’qning yo’nalishiga ko’ra, Quyosh teleskopi gorizontal va minorali turlarga bo’linadi. Zaryad aloqaga asoslangan matrisali Quyosh teleskopi ancha gakomillashgan. Shunday Quyosh teleskopi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida bor.