Quyosh turishi
Quyosh turishi — Quyosh markazi ekliptikaning 23°27′ og`ishgan eng shimoliy nuqtasidan (21- yoki 22-iyun — yozgi Quyosh turish turishi) yoyinki eng janubiy nuqtasidan (21- yoki 22-dekabr — qishki Quyosh turishi) o`tgan payt. Quyosh turishida Quyosh juda sekin og`ishadi, chunki bu joyda Quyosh ekliptika bo`ylab ekvatorga deyarli parallel harakat qiladi. Shuning uchun ham bir necha kun davomida Quyoshning tush paytidagi balandligi deyarli o`zgarmaydi. (Quyosh turishi atamasi ham ana shundan kelib chiqqan).