Radiator

Radiator (lotincha radio — nurlanaman, nur tarqataman) — 1) turar joylar, jamoat va ishlab chiqarish binolarini isitish tizimlarida qo’llaniladigan isitish asbobi. Cho’yan, po’lat, chinni va keramikadan yasaladi. Sektsiyalari bir-biri bilan birikkan kanalli trubalar tizimidan iborat, trubalar ichida suv yoki bug’aylanib turadi. Suv yoki bug’aylanish kanali bo’yicha bir, ikki va ko’p kanalli xillari bor. Trubalar issiqlikni eng ko’p tarqatadigan shaklda yasaladi. Havo trubalar orasidagi bo’shliqdan o’tib qiziydi va xonani isitadi. Isituvchi panellar deb ataluvchi shtamplangan po’lat Radiatorlar ham keng ishlatilmoqda; 2) ichki yonuv dvigateli tsilindrlarining suv g’iloflaridagi isigan suvni yoki moylash tizimidagi qizigan moyni sovitib beradigan, latundan yasalgan qurilma; 3) radioelektronikada — yarim o’tkazgichli asboblar, integral sxemalar, rezistorlar va boshqa elektron qurilmalardan issiqlikni olib ketadigan qurilma. Asosan, alyuminiy qotishmalari, mis, magnit va berilliy krtishmalaridan tayyorlanadi. Plastinkali, shtirli, simli va boshqa turdagi Radiatorlar bo’ladi.