Radio
Radio (lotincha radio — nurlanaman, nur tarqataman) — 1) axborotlarni radioto’lqinlar (elektrmagnit to’lqinlar) yordamida uzoq masofadan simsiz uzatish va qabul qilish usuli. 1895 yilda A. S. Popov ixtiro qilgan; 2) simsiz uzatish usuliga asoslanib fizik hodisalarni o’rganish, bu usuldan radioaloqa, radiroeshittirish, televidenie, radiotelemexanika, radiolokatsiya, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, masofadan turib boshqarish (teleboshqarish)da, tibbiyotda va boshqa maqsadlar uchun foydalanish bilan bog’liq fan va texnika sohasi.